Samarqand Xitoy bilan qadoqlash sanoati loyihalarini muhokama qildi

Samarqand Xitoy bilan qadoqlash sanoati loyihalarini muhokama qildi

Samarqand Xitoy bilan qadoqlash sanoati loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen shahridagi amaliy uchrashuvlari davom etmoqda. Bu tashrifdan so'ng e'lon qilindi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari “Jinjiang WACOO Food Co., Ltd.” hamda “INNOVA PACKAGING GROUP” kompaniyalari raislari bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida “Jinjiang WACOO Food Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan Samarqandda ishlab chiqarilayotgan quruq mevalarni zamonaviy qadoqlash va eksportbop upakovka yo‘nalishida hamkorlik taklif qilindi.

“INNOVA PACKAGING GROUP” tomonidan esa yirik sanoat korxonalari uchun ekologik toza bioqadoqlar ishlab chiqarish loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Muloqotlar davomida Samarqand viloyatida mazkur loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy qadoqlash sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling