Namangan va Eron iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Namangan va Eron iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Namangan va Eron iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 65-Xalqaro gullar festivali doirasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, sanoat, baliqchilik, tekstil, dori-darmon ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlar yetishtirish va eksport qilish yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Eronning G‘ilon viloyati Rasht shahri tadbirkorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Eron bozoriga olib chiqish, ayniqsa tekstil mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur uchrashuv ikki davlat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidlab, kelgusida amaliy hamkorlikni yana-da kuchaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling