Chimyonda qutqaruvchilar jarohatlangan sayyohga yordam berdi

Chimyonda qutqaruvchilar jarohatlangan sayyohga yordam berdi

Chimyonda qutqaruvchilar jarohatlangan sayyohga yordam berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Katta Chimyon» tog‘ida sayr vaqtida jarohat olgan sayyohga yordam ko‘rsatdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 24 may kuni soat 14:05 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga turistik yurishga chiqqan o‘n nafar fuqarodan biri yiqilib jarohat olgani va yordamga muhtoj ekani haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan Chimyon qutqaruv otryadi xodimlari yetib bordi. Jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, dengiz sathidan taxminan 2300 metr balandlikdan xavfsiz tarzda evakuatsiya qilindi.

Shundan so‘ng fuqaro tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

FVV maʼlumotiga ko‘ra, ayni vaqtda jabrlanganning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling