Oʻzbekiston va Finlyandiya IT-startaplarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Finlyandiya IT-startaplarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Finlyandiya IT-startaplarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Finlyandiya Respublikasiga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov mamlakatning yirik startap va innovatsiya markazlaridan biri — “Maria 01” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida vazir Sarita Runeberg bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion hamkorlikni kengaytirish hamda AT sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv chog‘ida IT Park Uzbekistan va “Maria 01” o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali o‘zbek startaplarini Yevropa va Skandinaviya bozorlariga olib chiqish, xalqaro venchur kapitalni jalb qilish, startaplar uchun qo‘shma akseleratsiya va mentorlik dasturlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Finlyandiyaning innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini takomillashtirish hamda O‘zbekistonda AT ekotizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar kelgusida ikki mamlakat startap jamoalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish, qo‘shma tadbirlar va investitsion platformalarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling