Bobokulova va Isroilov Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim finalga yo‘l olishdi
Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — Liverpulda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi nomidan uch nafar sportchi chorak final janglarini o‘tkazdi.
48 kg vazn toifasida Sabina Bobokulova italiyalik sportchi Djovanna Marchenini 5:0 hisobida ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, turnir yarim finaliga yo‘l oldi.
50 kg vazn toifasida Shodiyyorjon Meliqo‘ziyev yaponiyalik Soushi Makinoga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, chempionatni chorak final bosqichida yakunladi.
85 kg vazn toifasida Akmaljon Isroilov ispaniyalik Rikardo Fresndani 5:0 hisobida ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi va jahon birinchiligi medallari uchun kurashni davom ettiradi.