Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o'tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.