Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 15/08/2025 Yangi Toshkentda 2026 yil oxiriga qadar uchta bekatdan iborat 8 kilometrlik metro uchastkasi quriladi

Yangi Toshkentda 2026 yil oxiriga qadar uchta bekatdan iborat 8 kilometrlik metro uchastkasi quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Toshkentda uzunligi 8 kilometr bo‘lgan va uchta bekatdan iborat metro uchastkasi 2026 yil oxiriga qadar qurilishi rejalashtirilgani haqida “Yangi Toshkent” qurilish direksiyasi maʼlum qildi.

Ushbu uchastok “Do‘stlik” bekatini Yangi Toshkent bilan bog‘laydigan tarmoqning bir qismi bo‘ladi. Dastlab to‘rtta bekat qurish mo‘ljallangan edi, ammo hozirgi bosqichda loyiha uchta bekatni o‘z ichiga oladi.

Qurilish qiymati 110 million dollarga baholangan. 2025 yilda 11 million dollar o‘zlashtirilishi, qolgan 99 million dollar esa 2026 yilda sarflanishi ko‘zda tutilgan. Loyiha investori — qurilish, sanoat va savdo sohasida faoliyat yurituvchi turkiyalik XVAV YAPI SANAYI VE TIC. A.S. kompaniyasi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning aytishicha, poytaxt bilan Yangi Toshkent o‘rtasida metro qurish tashabbusi mamlakat prezidenti tomonidan yangi shaharning transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida taklif qilingan.

Iyun oyida aniqlanishicha, “Do‘stlik”dan Yangi Toshkentgacha bo‘lgan butun metro tarmog‘i uzunligi 21 kilometrni tashkil etib, to‘qqizta bekatni o‘z ichiga oladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, u kuniga 230 minggacha yo‘lovchi tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling