Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda barcha foydalanuvchilar uchun tashkilotlarni qulay izlash va tanlash imkonini beradigan Joylar xizmati ishga tushdi. U shahar uchun mo‘ljallangan Yandex Go ilovasini to‘ldiradi va mahalliy aholi hamda sayyohlarga dam olish yoki kundalik ishlarini hal qilish uchun joylarni tanlash, xizmatlarga buyurtma berish va kerakli manzilga qulay yetib borish imkonini beradi.
Kerakli tashkilotni qidiruv qatori orqali topish mumkin, yangi joylarni esa asosiy toifalar yordamida tanlash oson: do‘konlar, restoranlar, go‘zallik salonlari, mehmonxonalar, avto, sog‘liqni saqlash, sport va ko‘ngilochar joylar. Shuningdek, xizmatda shahar xaritasi va qulay filtrlar mavjud. Masalan, tashkilotlarni turi, reytingi, ish grafigi va Wi-Fi mavjudligi bo‘yicha saralash mumkin. Shuningdek, masofaga qarab ham joylarni tartiblash imkoniyati bor.
Bundan tashqari, xizmatda turli mavzular bo‘yicha tanlovlar ham mavjud: mashhur qahvaxonalardan tortib, eng yaxshi go‘zallik salonlarigacha. Ular xizmatning asosiy sahifasida joylashgan bo‘lib, shahardagi yangi joylarni nafaqat mehmonlar, balki mahalliy aholi uchun ham kashf etishga yordam beradi.
Tanlovdan tashkilot profiliga o‘tish va u haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. Profilda joyning rasmlari, foydalanuvchilar baholari asosida shakllangan reytingi va avvalgi tashrif buyuruvchilarning fikrlari aks etadi.
Mos joy tanlanganidan so‘ng, foydalanuvchi administrator bilan chat orqali bog‘lanishi yoki onlayn band qilish imkoniyatiga ega. Masalan, manikyur yoki sartarosh xizmatiga yozilishi yoxud qahva uchun joy band qilishi mumkin. Shundan so‘ng, ilovadan chiqmasdan, taksi buyurtma qilish imkoni bor. Bron qilish vidjeti orqali foydalanuvchi o‘z takliflarini oson boshqarishi, kerak bo‘lsa, ularni ko‘chirish yoki bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buyurtma qilingan kuni esa Yandex Go asosiy sahifasida tashrif haqida eslatma paydo bo‘ladi.
Joylar xizmati doimiy ravishda yangilanib boradi va Yandex Maps ma’lumotlaridan foydalanadi. Hozircha xizmat faqat Toshkentda mavjud, kelgusida esa O‘zbekistonning barcha hududlarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Xizmatdan foydalanishni boshlash uchun Google Play Market yoki App Store orqali Yandex Go ilovasini yangilash kerak.