Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 11/08/2025 Xolmo‘min Yodgorov O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining raisi etib saylandi

Xolmo‘min Yodgorov O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining raisi etib saylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Xolmo‘min Yodgorovni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda o‘tgan besh yil davomida Sudyalar oliy kengashi tomonidan mamlakatimizda sud hokimiyatining nufuzi va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu islohotlar tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga, odamlarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Senatorlar muhokama etilgan masala yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling