Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Iqtisod 25/08/2025 Xitoyda O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatining sarmoyaviy salohiyati namoyish etildi

Xitoyda O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatining sarmoyaviy salohiyati namoyish etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Venjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan “The 28th China (Wenzhou) Int’l Leather, Shoe Material & Shoe Machinery Fair” xalqaro ko‘rgazmasi dunyo charm-poyabzal bozorining eng yirik maydonlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu nufuzli tadbirda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda 40 dan ortiq mahalliy korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Ularning qatorida charm ishlab chiqaruvchilar, poyabzal dizayn va tikuv ustaxonalari, shuningdek, tayyor mahsulotlarni jahon bozorlariga yetkazib beruvchi eksportchi kompaniyalar ham bor.

Mahalliy korxonalar xalqaro xaridorlar va hamkorlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borib, eksport hajmini oshirish, yangi texnologiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishmoqda.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan charm-poyabzal tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik loyihalari taklif etildi. Xususan, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, sanoat zonalaridagi infratuzilma imkoniyatlari batafsil yoritib berildi.

Venjoudagi mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston charm sanoati uchun muhim sinov maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadbir mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va eksportchilariga yangi bozor eshiklarini ochib, tarmoqning jahon savdo maydonida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling