Visa Sanjar Sulaymonovni Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezident va mintaqaviy menejer etib tayinladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — VIsa kompaniyasi Sanjar Sulaymonovni Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezident va mintaqaviy menejer lavozimiga tayinlanganligini e’lon qildi.
Sanjar oʻzining yangi lavozimida innovatsion yechimlar va raqamli toʻlovlarni kengaytirish, shuningdek, Visa oʻz hamkorlari – banklar, savdogarlar va karta egalariga yetkazadigan qiymatni oshirishga eʼtibor qaratgan holda Visa ning mintaqadagi biznesini boshqaradi.
Sanjar Visa kompaniyasiga 2020 yilda Visa Direct kompaniyasining Markaziy Osiyodagi direktori sifatida qo‘shilgan. 2023-yilda u Ukraina, Gruziya, MDH davlatlari va Janubi-Sharqiy Yevropada Visa Direct tizimini rivojlantirishni nazorat qilishni boshladi. Visa ga kelishidan oldin Sanjar 15 yildan ortiq vaqt bank va konsalting sohasida ishlagan, Alfa-Bank Kazakhstan, Qazkom Bank, KPMG, Sberbank Kazakhstan va HSBC kabi tashkilotlarda biznesni rivojlantirish, korporativ moliya, loyihalar va mahsulotlarni boshqarish bo‘yicha lavozimlarda ishlagan.
“Biz Sanjar Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston boʻyicha vitse-prezident va mintaqaviy menejer lavozimiga tayinlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz. Sanjar moliya sohasida o‘n besh yildan ortiq, jumladan, Visa kompaniyasida besh yillik tajribaga ega bo‘lib, mintaqada naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga katta hissa qo‘shadi. Visa Markaziy Osiyo bozorida 30 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, raqamli toʻlovlar va innovatsiyalarni faol ilgari surmoqda. O‘tgan yillar davomida biz nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ilg‘or yechimlarni tatbiq etuvchi iqtidorli mutaxassislar jamoasini shakllantirdik”, — deydi Cristina Doros, Katta vitse-prezident va Visa ning CISSEE mintaqasi (MDH, Markaziy Osiyo, Ukraina, Gruziya va Janubi-Sharqiy Yevropa) bo‘yicha menejeri.
“Ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorman va barcha e’tiborni mintaqamizda raqamli to‘lovlarni yanada rivojlantirishga qarataman. Markaziy Osiyo toʻlov texnologiyalari va moliya sektori evolyutsiyasi nuqtai nazaridan noyob imkoniyatlarga ega. Jamoa bilan birgalikda biz innovatsiyalarni davom ettiramiz, tezroq, qulayroq va xavfsiz to‘lov yechimlarini taqdim etamiz va shu orqali naqd pulsiz iqtisodiyotning o‘sishiga hissa qo‘shamiz”, — dedi Sanjar Sulaymonov, vitse-prezident, Visa ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy menejeri.