Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Moliya 17/07/2025 UZCARD va Elcard O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy o‘tkazmalar xizmati bilan bog‘ladi

UZCARD va Elcard O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy o‘tkazmalar xizmati bilan bog‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimi UZCARD (“Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” AJ) hamda Qirg‘izistonning Milliy to‘lov tizimi Elcard (“Banklararo Protsessing Markazi” YAJ) ikki to‘lov tizimi kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirdi.

Endi O'zbekistondagi karta egalari to'g'ridan — to'g'ri Elkart kartalariga , Qirg'iziston fuqarolari esa UZCARD kartalariga pul yuborishlari mumkin.Yangi xizmat ikki milliy operator o‘rtasidagi strategik hamkorlik natijasi bo‘lib, chegaradosh davlatlar fuqarolari uchun moliyaviy aloqalarni mustahkamlash va qulaylikni oshirishga qaratilgan.

Xizmatning asosiy afzalliklari:

Ikki tomonlama o‘tkazmalar — UZCARD kartasidan Elcard kartasiga va aksincha;

Transchegaraviy operatsiyalarda qulay valyuta kursi;

Foydalanuvchilar uchun qulaylik  — O‘zbekistonda — dastlabki bosqichda UNIRED (“Universalbank” ATB) ilovasi orqali, kelgusida boshqa tijorat banklari ham ulanishi rejalashtirilgan; Qirg‘izistonda xizmat Elcard Mobile ilovasida mavjud.

«Biz transchegaraviy o‘tkazmalarni ishga tushirishni mintaqaviy to‘lov hamkorligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaymiz. Elcard bilan hamkorlikda ikki davlat fuqarolari uchun kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada oddiy, qulay va ishonchli qiladigan infratuzilmani barpo etmoqdamiz. Bu hamkorlik raqamli innovatsiyalarga va o‘zaro iqtisodiy rivojlanishga sodiqligimizni ifodalaydi», — deya ta’kidladi “UCMG” MChJ tijorat direktori Olimjon Zokirov.

«Bugungi kunda davlatlar, oilalar va bizneslarni birlashtiradigan yechimlar har qachongidan ham muhim. Elcard va UZCARD kartalari o‘rtasidagi yangi pul o‘tkazmalari xizmati ochiqlik va qulaylik sari tashlangan navbatdagi qadamdir. Ishonchimiz komilki, mazkur xizmat mehnat qiluvchi migrantlar hamda ikki davlat chegarasidagi yaqinlariga yordam ko‘rsatadigan fuqarolar uchun foydali bo‘ladi», — deya ta’kidlashdi “Banklararo protsessing markazi” YAJ boshqaruvi raisi – Turatbekov Oltimish.

Yangi xizmatning ishga tushirilishi o‘tgan yil oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tgan UZCARD FORUM doirasida imzolangan hamkorlik memorandumining mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘shanda tomonlar to‘lov texnologiyalari sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga kelishib olgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling