Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 17/07/2025 UzBev: Sertifikatsiyadan o‘tgan 5 mingdan ortiq muzlatkich savdo nuqtalariga yetkazildi

UzBev: Sertifikatsiyadan o‘tgan 5 mingdan ortiq muzlatkich savdo nuqtalariga yetkazildi

(photo by Calidad)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (UzBev) maʼlum qilishicha, mart oyidan beri bojxonada to‘xtab turgan 5 mingga yaqin vitrinali muzlatkich sertifikatdan o‘tkazilib, savdo nuqtalariga yetkazilgan.

UzBev rahbari Alfiya Musina ushbu muammoni keng jamoatchilikka olib chiqqani uchun jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirdi. Uning taʼkidlashicha, bunday masalalar alohida emas, tizimli ravishda hal etilishi kerak.

Hozirgi paytda “O‘zstandart” muvofiqlik deklaratsiyasini joriy etish ustida ish olib bormoqda. UzBev ushbu jarayonni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishni taklif etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyun kuni tarmoq va sanoat uyushmalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda, Prezidentning 18 apreldagi farmoniga qaramasdan, muzlatkichlarni rasmiylashtirishda hanuz kechikishlar kuzatilayotgani qayd etilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling