Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 21/08/2025 UzAuto Motors Powertrain General Motors’ning yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldi

UzAuto Motors Powertrain General Motors’ning yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mukofot GM Ramos jamoasi nomidan GM Ramos GPS (Meksika) zavodi direktori Oskar Kintanilya tomonidan UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Saidazim Gulyamovga topshirildi.

Rasmiy murojaatda General Motors vakillari ta’kidlaganidek, O‘zbekistondagi dvigatel ishlab chiqarish zavodi ishlab chiqarish jarayonlarini izchil qo‘llab-quvvatlagani hamda yuqori sifatli komponentlarni yetkazib bergani uchun yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, zavodning FTQ ko‘rsatkichi 97,5 foizdan yuqori ekani alohida qayd etildi.

UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Saidazim Gulyamov shunday dedi:

«Bu mukofot — butun jamoamizning mehnati samarasi. Biz General Motors’ning global ishlab chiqarish zanjirining bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz va xalqaro avtomobil sanoati rivojiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Alohida ta’kidlash joizki, korxona qo‘lga kiritayotgan yutuqlar, avvalo, xodimlarning yuqori professionalligi hamda ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichiga mas’uliyatli yondashuviga asoslanadi. Biz yuqori sifatni saqlab qolamiz va General Motors bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz».

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning dekabr oyida UzAuto Motors Powertrain CSS Prime oilasiga mansub dvigatellar uchun silindr bloklari eksportini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur mahsulotlar General Motors’ning Lotin Amerikasida joylashgan yig‘uv liniyalariga yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunga qadar 19 980 dona silindr bloki eksport qilingan bo‘lib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich yana 20 736 donaga ortishi kutilmoqda.

UzAuto Motors Powertrain korxonasining navbatdagi mukofotga sazovor bo‘lishi General Motorsning global ta’minot zanjiridagi ahamiyatini yaqqol tasdiqladi va uning xalqaro bozoridagi ishonchli hamkor maqomini yanada mustahkamladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling