Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 26/08/2025 “UzAuto Motors” AJ yangi avlod Chevrolet Tahoe 2025 avtomobillari sotuvi boshlanishini ma’lum qiladi

“UzAuto Motors” AJ yangi avlod Chevrolet Tahoe 2025 avtomobillari sotuvi boshlanishini ma’lum qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Chevrolet Tahoe 2025 mamlakatimizga High Country komplektatsiyasida yetkazib beriladi. Ushbu model oiladagi eng kuchli 6,2 litr hajmga ega V-simon shakldagi 8 silindrli dvigatel bilan jihozlanib, 10 pog‘onali avtomatik transmissiya bilan uyg‘unlashgan. Bunday kombinatsiyasi Tahoe’ni 420 ot kuchi bilan ta’minlaydi, yoqilg‘i sarfida yuqori tejamkorlikka ega, 8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish imkonini beradi.

Avtomobil to‘liq yuritish tizimi va yangi moslashuvchan pnevmatik osma bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘ziga xos, noyob dizaynga ega, oiladagi eng yirik 24 dyuymli g‘ildiraklar bilan birgalikda, eng murakkab yo‘l sharoitlarida ham maksimal qulaylik va mukammal boshqaruv imkoniyatini ta’minlaydi.

Yangi Tahoe 2025 ning tashqi ko‘rinishi xromlangan elementlar, ko‘zga tashlanuvchi radiator panjarasi, animatsion chiroqlar va panoramali tom bilan jihozlangan. Haydovchi va yo‘lovchilar qulayligi uchun avtomatik ravishda chiqadigan zinapoyalar va yukxona eshigini kontaktsiz ochish tizimi o‘rnatilgan. Ajralib turuvchi High Country emblemalari esa bu avtomobilning butun Tahoe oilasidagi eng yuqori komplektatsiyaga mansub ekanligini ta’kidlaydi.

Interyerda yog‘och bilan bezatilgan yuqori sifatli materiallar ishlatilgan. Yetti o‘rinli salon charm qoplamali o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda isitish tizmi mavjud. Haydovchi va old yo‘lovchi uchun o‘rindiqlar ventilyatsiyasi ham nazarda tutilgan. Haydovchi o‘rindig‘i 8 yo‘nalishda elektron tarzda sozlanadi va favqulodda vaziyatlarda vibratsion tebranishli qayta aloqa tizimi bilan jihozlangan. 

11 dyuymli displeyga ega raqamli qurilmalar paneli, Head-Up proyeksion displeyi bilan uyg‘unlashib, avtomobil haqidagi barcha muhim ma’lumotlarni bevosita haydovchining ko‘rish maydonida aks ettiradi. Bu esa boshqaruv jarayonida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi. 

Avtomobilning premium jihozlanishiga qo‘shimcha ravishda, zamonaviy smartfonlarni ulash standartlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan 17,7 dyuymli sensorli ekranga ega axborot-ko‘ngilochar tizim kiradi. 10 ta tovush kuchaytirgichli BOSE premium audio tizimi, simsiz quvvatlash qurilmasi, Type-C va Type-A USB portlari esa har qanday safarda haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydi. 

Ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar ixtiyoriga individual sozlash mumkin bo‘lgan iqlim-nazorati va ikkita 12,6 dyuymli ekranga ega ko‘ngilochar tizim o‘rnatilgan. Uchinchi qator o‘rindiqlari kattalar ham bemalol joylashadigan qilib ishlab chiqilgan, shu bois yangi Tahoeni oilaviy sayohatlar va biznes transferlari uchun eng ideal tanlovga aylantiradi.

Haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligi - old to‘qnashuv haqida ogohlantirish bilan avtomatik favqulodda tormozlash funksiyasi, harakatlanish bo‘lagini saqlash tizimi, moslashuvchan kruiz-nazorati, yuqori aniqlikdagi atrofni ko‘rish kameralari, shuningdek, orqaga harakatlanish va pastga tushishda yordam berish kabi innovatsion tizimlar tomonidan ta’minlanadi.

Chevrolet Tahoe High Country bu afsonaviy yo‘ltanlamasning yangi avlodi bo‘lish bilan birga, to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamaslar segmentida eng yuqori darajani belgilovchi modeldir. Model har bir detalda ishonch va nufuzni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan bo'lib, egasining mavqeini ta’kidlab turadi.

Yangi Chevrolet Tahoe 2025 High Country avtomobilining tavsiya etilgan chakana narxi 1 464 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Sotuvlar 2025-yil 11-sentabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Avtomobilni rasmiy Chevrolet dilerlaridan yoki savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling