Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 14/08/2025 Transport vazirligi va Koreya Eksimbanki Toshkent-Samarqand yangi avtomobil yo‘lining tafsilotlarini muhokama qildi

Transport vazirligi va Koreya Eksimbanki Toshkent-Samarqand yangi avtomobil yo‘lining tafsilotlarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 13-avgust kuni “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish jarayoni muhokama etildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-fevral kuni “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) ishlab chiqish jarayonlariga “start” berilgan edi.

Transport vaziri o‘rinbosari J. Choriyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati, “Korea Eximbank” hamda “Saman Engineering” kompaniyasi o‘rtasida loyihaning TIAsini ishlab chiqish doirasida amalga ishlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yangi temir yo‘l trassasi, temir yo‘l infratuzilma obyektlari joylashuvi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling