Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Iqtisod 08/11/2024 Total Energies O'zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi

Total Energies O'zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiyaning Total Energies kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Mariya Brauzek bilan uchrashdi.

Muzokaralarda “Total Energies” kompaniyasining O‘zbekistondagi loyihalari hamda avval oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar neft-kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashga kelishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling