Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Texnologiyalar 25/07/2025 “Toshshahartransxizmat” AJ va “HUAWEI TECH. INVESTMENT TASHKENT” IP MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“Toshshahartransxizmat” AJ va “HUAWEI TECH. INVESTMENT TASHKENT” IP MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-martdagi “Toshkent shahrida jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQM-147/8-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 24-iyul kuni “Toshshahartransxizmat” AJ va “HUAWEI TECH. INVESTMENT TASHKENT” IP MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida sinov tariqasida shahar yo‘nalishli avtobuslariga yo‘l harakati qoidalari buzilishini aniqlovchi foto va video qayd etish qurilmalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Mazkur tashabbus jamoat transporti harakatini to‘g‘ri tashkil etish, shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini oshirish hamda qoidabuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda “Toshshahartransxizmat” AJ nomidan Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari R.S. Shamuradov boshchiligidagi jamoa, “HUAWEI TECH. INVESTMENT TASHKENT” IP MChJ tomonidan esa Bosh direktor janob Tan Syaosan rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Loyiha natijasida jamoat transporti tizimining samaradorligi oshishi, yo‘lovchilarga yanada qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling