Toshkentning Yunusobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun soat 07:39 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga poytaxtning Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi hududida yong‘in chiqqanligi haqida xabar tushgan.
Yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga soat 07:44 da yetib borishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 08:14 da lokallashtirildi va 08:51 da to‘liq bartaraf etildi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.