Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
Iqtisod 30/06/2025 Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi: 1 iyuldan 1226-sonli yo‘nalish ishga tushiriladi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi: 1 iyuldan 1226-sonli yo‘nalish ishga tushiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent va Chorvoq orasida yangi 1226-sonli avtobus yo‘nalishi amalga oshiriladi. Bu haqda “Toshshaxartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘nalish «Metro Mashinostroitellar — Chorvoq» bo‘yicha tashkil etiladi. Yo‘lovchilarni 47 o‘rinli zamonaviy MAN turdagi turistik avtobuslar tashiydi.

Ushbu avtobuslar uzoq masofalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, konditsionerlar bilan jihozlangan va yuqori darajadagi qulaylikni taʼminlaydi. Yo‘lkira to‘lovi 25 000 so‘mni tashkil qiladi, to‘lov naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirilishi mumkin.

Jadvalga ko‘ra, birinchi reys har kuni soat 06:00 da «Metro Mashinostroitellar» stansiyasidan yo‘lga chiqadi.

Avtobuslar har 1,5 soatda harakatlanadi. Yo‘l vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Oxirgi reys Chorvoqdan soat 20:30 da yo‘lga chiqib, Toshkentga soat 22:00 da yetib keladi va harakatni metro bekatida yakunlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling