Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
O‘zbekiston 28/08/2025 Toshkentda xususiy klinikada bola vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda xususiy klinikada bola vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Paeonnis xususiy klinikasida 9 yoshli bola vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fojia yosh bemorga amalga oshirilgan burin operatsiyasidan so‘ng yuz berdi. Maʼlum qilinishicha, jarrohlikdan bir hafta oldin bola aynan shu klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi («Kasbiy majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik») bilan jinoyat ishi ochilgan. Tergov organlari aybdor shaxslarni so‘roq qilish, ochrashtirish va bir qator tibbiy ekspertizalar tayinlashni o‘z ichiga olgan kompleks tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Idora taʼkidlaganidek, tekshiruv har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkaziladi hamda uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling