Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Texnologiyalar 25/11/2024 Toshkentda sun’iy intellektga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkentda sun’iy intellektga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda “AI EVOLUTION 2024” konferensiyasi o‘tkazildi. 

Ushbu yirik tadbir sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislarni birlashtirib, texnologiyalar kelajagi bilan bog‘liq yangi g‘oyalar va innovatsion yechimlarni muhokama qilishga qaratildi.

Konferensiyada Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari O.Pekos panel muhokamasida ishtirok etib, mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Bundan tashqari, tadbirda sun’iy intellekt bo‘yicha 14 yildan ortiq tajribaga ega ekspert Zack Kass qatnashdi. ChatGPTning yetakchi ishlab chiquvchisi sifatida u sun’iy intellektni biznes va boshqa sohalarda qo‘llash strategiyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.

Navbatdagi chet ellik spiker esa Wikipedia asoschisi va dunyoning eng nufuzli shaxslaridan biri Jimmy Wales bo‘ldi. U texnologiyalar kelajagi, sun’iy intellekt va blokcheynning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Konferensiya ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Zack Kass va Jimmy Walesdan javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbirning qo‘shimcha dasturi ham juda boy bo‘lib, xakaton finali, startaplar taqdimotlari va IT sohasi yetakchilari bilan muhokamalarni o‘z ichiga oldi.

Ushbu tadbir tadbirkorlar, dasturchilar, investorlar, loyiha yetakchilari va ilg‘or texnologiyalar hamda global o‘zgarishlarga qiziqadigan barcha uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling