Toshkentda plastmassa quvurlar ishlab chiqarish korxonasida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi, jabrlanuvchilar yo‘q — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Toshkentda plastmassa quvurlar ishlab chiqarish korxonasida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi, jabrlanuvchilar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 11 sentyabr kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy maʼlumot berdi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, Qushbegi ko‘chasida joylashgan plastmassa quvurlar ishlab chiqarish sexida yong‘in haqidagi xabar soat 12:40 da FVBga kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan hamda 13:15 o‘chirildi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri hamda Toshkent shahar FVB boshlig‘i yetib borgan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling