Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
Turizm 29/03/2025 Toshkentda "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi   

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-mart kuni Taras Shevchenko Gastro-turistik ko‘chasida ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlar mahsulotlarini turistlarga taqdim etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida keng qamrovli yarmarka tashkil etildi.    

Mehmonlar Karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Yarmarkada turistik firmalar taqdimotlari, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, millatlararo Madaniyat markazlari ko‘rgazmalari, master klass uchrashuvilar, “Sharq bozori” bozori savdo yarmarkalari, “O‘zbek milliy taomlari” taqdimoti, “Turistik avtobuslar va tur Politsiya ko‘rgazmalari”, Folklor jamoalar chiqishlari namoyish etildi.  

 Tadbirda 100ga yaqin turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, kasaba uyushmalari, mehmonxona, xostel, tur operator, tur agentliklar, bank hamda sug‘urta kompaniyalari ishtirok etishdi.    

Yarmarka doirasida do‘stona ruhda tashkil etilgan B2B va B2C uchrashuvlarida sayyohlik sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va erishilgan kelishuvlari yangi turistik marshrutlarni yaratish, sayohatlarda innovatsion loyihalarni joriy etish kabi takliflarga to‘la bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling