Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi: bir kishi jarohatlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida ikki yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, natijada bir kishi jabrlandi.
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 22 avgust kuni taxminan soat 14:45 da poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Mukimi ko‘chasida sodir bo‘lgan. №18 yo‘nalishida harakatlangan va 5-avtobus parkka biriktirilgan Yutong rusumli avtobus oldidan harakatlanayotgan xuddi shu turdagi boshqa avtobus bilan to‘qnashgan.
Transport vositasi rulda 25 yillik tajribaga ega 51 yoshli haydovchi R.M. bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida birinchi avtobus yo‘lovchisi, 19 yoshli M.O., yengil jarohat — peshonasida tirnalish olgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Har ikki avtobusga texnik shikast yetgan. Hozirda YTH bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokatda jabr korganlar soni rasmiy raqamlardan ancha oshib ketgan.