Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun yer maydonlari ajratildi

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun yer maydonlari ajratildi

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun yer maydonlari ajratildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimiyati maʼlumot berishicha, yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun O‘rta-Chirchiq va Quyi-Chirchiq tumanlarida jami 1 309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilgan.

Ushbu maydonning 1 075,45 gektari sug‘oriladigan yerlar, 112,69 gektari bog‘lar, 0,65 gektari yaylov va pichanzorlar, qolgan 120,97 gektari esa boshqa toifadagi yerlardan iborat.

Urta-Chirchiq tumanida 790,76 gektar maydon ajratiladi, shu jumladan 609,95 gektari sug‘oriladigan yerlar, 112,63 gektari bog‘lar, 0,65 gektari yaylov va pichanzorlar hamda 67,53 gektari boshqa yerlar hisoblanadi.

Quyi-Chirchiq tumanida esa 519 gektar ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning 465,5 gektari sug‘oriladigan yerlar, 0,06 gektari bog‘lar va 53,44 gektari boshqa yerlardan iborat.

Yangi aeroport taxminan 1 200 gektar hududni egallaydi.

Avgust oyi boshida transport vaziri Ilhom Mahkamov taʼkidlaganidek, ushbu inshoot amaldagi aeroportdan 17 kilometr uzoqlikda, shaharning janubiy qismida quriladi. Joy tanlanishi uning M-39 avtomagistrali va kelgusidagi Toshkent—Samarqand to‘lovli yo‘li kabi asosiy logistika va transport infratuzilmalariga yaqinligi bilan izohlanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida yangi aviahab yiliga 20 milliongacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, bir vaqtning o‘zida 169 ta havo kemasini joylashtirish hamda soatiga 40 dan ortiq uchish va qo‘nishni taʼminlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxodjayev taʼkidlashicha, kompleks to‘liq raqamlashtirilgan holda va zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling