Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Iqtisod 07/11/2024 Toshkent shahrida O‘zbekiston - Litva biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston - Litva biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 6-noyabr kuni Toshkent shahrida transport-logistika, eenergetika, mashinasozlik, oziq-ovqat hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi 100dan ortiq ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida qo‘shma O‘zbekiston - Litva biznes-forumi hamda V2V formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Litva Sanoatchilar Konfederatsiyasi boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov hamda Litva Sanoatchilar Konfederatsiyasi Ishbilarmonlar Kengashlari direktori Remigiyus Kabyachyus o‘z nutqlari bilan ochib berdi.

Unda Litva Respublikasining Olmaotadagi bosh konsuli Gvidas Kerushauskas xam qatnashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori o‘rinbosari Nesor Roksana hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakilllari tomonidan mamlakatmizning investitsion salohiyati hamda tadbirkorlikning keng istiqbollari namoyish etilgan taqdimot bilan qatnashildi.

Bundan tashqari, Litvaning yetkachi "TRANSPORTO VYSTYMO GRUPĖ", "TRANZITO PASLAUGŲ CENTRAS", "BEGA" va "ONYX" korxonalari vakillari tomonidan tashkilot faoliyati aks ettirilgan taqdimotlar namoyish etildi.

Forum yakuni bo‘yicha, O‘zbekiston hamda Litva ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida V2V formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling