Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent Markaziy Osiyo uchun yubiley Yutong avtobusini oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 000-avtobus o’zining munosib foydalanuvchisiga topshirildi.
Marosimga O‘rta Osiyo davlatlaridan jamoat transporti sohasiga aloqador idora va tashkilot vakillari, xodimlari tashrif buyurishdi.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatidan mas’ul xodimlar ham ushbu tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, 10 000-avtobusni xarid qilishga muvaffaq bo'ldilar.
Yaqin kunlarda Toshkent shahriga “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200 dona yangi elektrobuslar olib kelinishi kutilmoqda.