Valyuta kurslari 19/03/2025
$1 – 12935.68
UZS – -0,06%
€1 – 14164.57
UZS – 0,4%
₽1 – 158.80
UZS – 3,32%
Qidirish
Iqtisod 18/03/2025 Toshkent hokimiyati yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan taʼmirlashdan voz kechishga chaqirdi

Toshkent hokimiyati yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan taʼmirlashdan voz kechishga chaqirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimiyati poytaxt aholisi va mehmonlarini yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan taʼmirlash mumkin emasligi haqida ogohlantirdi. Hokimiyat bunday harakatlar muammoni hal qilish o‘rniga, uni yana-da chigallashtirishi mumkinligini taʼkidladi.

Shahar maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda yo‘l taʼmirlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Jumladan, asfalt qoplamasini parmalash (frezerovka), tozalash, yangi asfalt yotish va maxsus texnika yordamida uni zichlash ishlari amalga oshirilmoqda. Taʼmir jarayoni sifatli materiallardan foydalangan holda va YHXB xodimlari ko‘magida xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda olib borilmoqda.

Yo‘llardagi yoriq va chuqurlarni sovuq asfalt aralashmasi bilan to‘ldirib, qo‘lda zichlash usuli to‘liq taʼmirlash hisoblanmaydi. Bu esa transport harakati hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan shahar hokimiyati fuqarolarni o‘zboshimchalik bilan yo‘llarni latashdan voz kechishga va sabr-toqatli bo‘lishga chaqirdi. Taʼmirlash ishlari tasdiqlangan reja va texnik standartlarga muvofiq ravishda olib borilayotgani taʼkidlandi.

Aholidan yo‘l taʼmiriga oid murojaatlarini maxsus Xalq nazorati portali orqali yuborish so‘raldi. Hokimiyat faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling