Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 05/02/2025 Toshkent — Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurishga 30 dan ortiq kompaniya qiziqish bildirdi

Toshkent — Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurishga 30 dan ortiq kompaniya qiziqish bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent — Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tenderda qatnashishga 30 dan ortiq yirik xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, ikkinchi pullik magistral Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha ham tenderga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ikkala obyektda qurilish ishlari 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Transport vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston prezidenti loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish va «ortiqcha vaqt sarflanishini» istisno qilishni topshirdi. Shuningdek, barcha pullik yo‘llar uchun alternativ bepul yo‘l mavjudligini ta’minlash talabi qonunchilikda mustahkamlanadi.

Loyihaning birinchi bosqichi allaqachon e’lon qilindi. Tender jarayonida xususiy hamkor tanlashda PwC, Britaniyaning Arup and Partners hamda CMS Cameron konsorsiumi Jahon banki ko‘magida asosiy maslahatchi sifatida ishtirok etadi.

Yaqinda xalqaro investitsiya kompaniyasi Meridiam loyihaga qiziqish bildirgani ma’lum qilindi.

Toshkent — Andijon pullik yo‘lini qurish g‘oyasi 2019-yilda muhokama qilina boshlagan. Loyiha doirasida Qamchiq dovonida yangi tunnel qurish rejalashtirilgan. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, trassada yengil avtomobil uchun yo‘l haqi $5–6 dollarni tashkil etishi mumkin.

Loyihaning moliyaviy parametrlari bir necha bor qayta ko‘rib chiqilgan. 2024-yilning yanvarida transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Cho‘riyev loyihaning qiymatini $4,65 milliard deb e’lon qilgan edi. Biroq 2023-yil oktyabr oyida qayta baholash natijasida loyihaning nominal qiymati $4,28 milliardgacha pasaytirildi.

Ilhom Mahkamovning ta’kidlashicha, to‘lovli yo‘llar joriy etilishi aholi harakatchanligini oshiradi, tirbandliklarni kamaytiradi va iqtisodiyot uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ushbu loyihalar O‘zbekistonning transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling