Timur Kapadze navbatdagi yig‘in uchun futbolchilar ro‘yxatini eʼlon qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy futbol jamoasi 26 avgust kuni CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi oldidan tayyorgarlik yig‘inini boshlaydi.
Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze musobaqaga tayyorgarlik doirasida mashg‘ulot jarayoniga jalb etiladigan futbolchilar ro‘yxatini oshkor qildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqadagi birinchi uchrashuvni O‘zbekiston terma jamoasi 30 avgust kuni o‘tkazadi, raqib esa Ummon terma jamoasi bo‘ladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi
Darvozabonlar:
O‘tkir Yusupov, Botirali Ergashev, Abduvoxid Neʼmatov, Vladimir Nazarov
Himoyachilar:
Abdulla Abdullayev, Xusniddin Alikulov, Umarbek Eshmurodov, Muhammadqodir Hamraliyev, Dilshod Komilov, Abduqodir Xusanov, Alibek Davronov, Avazbek O‘lmasaliyev, Sherzod Nasrullayev, Farrux Sayfiyev, Ibrohimxalil Yuldoshev, Xo‘jiakbar Alijonov, Dilshod Saitov
Yarim himoyachilar:
Abrorbek Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Otabek Shukurov, Azizjon G‘aniyev, Abdurauf Buriyev, Diyor Xolmatov, Ibrohim Ibrohimov, Jamshid Iskanderov
Hujumchilar:
Oston Urunov, Ruslanbek Jiyanov, Aziz Turg‘unboyev, Abbosbek Fayzullayev, Xo‘jimat Erkinov, Alisher Odilov, Igor Sergeyev, Husayn Norchayev, Eldor Shomurodov