Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 11/07/2025 “Temiryoʻlkargo” delegatsiyasi Hyundai Rotem’ga tashrif buyurdi: yetkazib berish va logistika tafsilotlari muhokama qilindi

“Temiryoʻlkargo” delegatsiyasi Hyundai Rotem’ga tashrif buyurdi: yetkazib berish va logistika tafsilotlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Temiryoʻlkargo” AJ delegatsiyasi hamda “Temiryoʻlekspress” AJ vakili O. Qulahmedov Janubiy Koreyaning mashhur “Hyundai Rotem” kompaniyasiga xizmat safarini amalga oshirdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonlik delegatsiya kompaniya zavodining ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishdi. Delegatlar poyezdlar ishlab chiqarish bosqichlari, texnologik jarayonlar va uskunalar bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida “Hyundai Rotem” kompaniyasining yetakchi muhandislari va texnik mutaxassislari hamrohlik qildi.

Shuningdek, zavoddan Xitoyning Tyantszin portigacha boʻlgan yoʻnalishda poyezdlarni yetkazib berish boʻyicha logistika masalalari yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi. Muzokaralarda logistika va yuk tashish sohasida faoliyat yurituvchi yetuk mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuv natijalari ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusidagi transport-logistika loyihalarini samarali amalga oshirish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling