Valyuta kurslari 14/07/2025
$1 – 12615.07
UZS – -0,15%
€1 – 14754.59
UZS – -0,45%
₽1 – 162.02
UZS – -0,22%
Qidirish
O‘zbekiston 14/07/2025 Surxondaryoda nodir morxo‘r echkilariga noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Surxondaryoda nodir morxo‘r echkilariga noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga hamda xalqaro CITES ro‘yxatiga kiritilgan nodir jonzotlardan bo‘lgan burama shoxli echki — morxo‘rlarni noqonuniy ovlagan uch nafar shaxslar ushlandi.

Viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori 4,5 milliard so‘mga baholangan.

Bu voqea 5 iyul kuni “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hududidagi Oltikunlik majmuasida sodir bo‘lgan. Reyd davomida qo‘riqxona xodimlari tog‘ yonbag‘irlarida qurollangan uch erkakni payqashgan. Ular yashirin kuzatuv ostiga olinib, binokl va mobil kameralar yordamida barcha harakatlari tasvirga olingan.

Qo‘riqxona qo‘riqchilari shubhali shaxslar turgan joyga yetib borganida, ular allaqachon ikki jonvorni o‘ldirib, tushlashga kirishgan edi. So‘yilgan hayvon qoldiqlari Termiz davlat universiteti qoshidagi “Sud-Zoologik ekspertizadan o‘tkazilganda bir va uch yosh atrfidagi erkak va urg‘ochi morxo‘r ekanligi tasdiqlandi.

Shaxslar voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hodisa bo‘yicha jamlangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Ayni paytda dastlabki tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling