Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 02/09/2024 Surxondaryo viloyatida burg‘ulash ishlari vaqtida oltin-gugurt gazi chiqishi kuzatilgan

Surxondaryo viloyatida burg‘ulash ishlari vaqtida oltin-gugurt gazi chiqishi kuzatilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltin-gugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 1-sentabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani "Ko‘lqamish" MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ida sodir bo‘lgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

“Fuqarolarning tan jarohati olishi yoki halok bo‘lishi holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q”, - deb xabar berdi vazirlik.

Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling