Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev «Yandeks» kompaniyasining global bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda taksi agregatorlari orqali yo‘lovchilar tashish sohasida fiskalizatsiya natijalari muhokama qilindi. Soliq ma’muriyatchiligining shaffof mexanizmlarini joriy etish soliq tushumlarining hajmini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi.
2024-yilda soliq tushumlari summasi 100 milliard so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan edi. Ammo 10 oy davomidayoq 125 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi. Bu esa qo‘shma ishlarning samaradorligi va ushbu sohada shaffof soliq instrumentlarini joriy qilish muhimligini tasdiqlaydi.
Tomonlar bozorning shaffofligini ta’minlash va xizmatlar sektorining boshqa yo‘nalishlarini qonuniylashtirishga qaratilgan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.