Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 16/03/2025 Senatda Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-mart kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Mamatkarimov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi A.Ogorodnikov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi yillik savdo aylanmasi 600 mln AQSH dollaridan oshgani taʼkidlandi.

Belarus elchisi Minskda o‘tkazilgan birinchi Belarus–O‘zbekiston turistik forumi haqida maʼlumot berib, joriy yilda Toshkentda Ikkinchi forum o‘tkazilishi rejalashtirilganini qayd etdi. Shuningdek, shu yilning 20-21-avgust kunlari Vitebsk shahrida uchinchi Belarus–O‘zbekiston ayollar forumi bo‘lib o‘tishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda 5-9-aprel kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkazilishi va unda 190 ga yaqin davlatdan 2 mingga yaqin parlament aʼzolari ishtirok etishi muhokama qilindi. Belarus delegatsiyasi mazkur tadbirda yuqori darajada qatnashishini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling