Valyuta kurslari 02/09/2025
$1 – 12460.70
UZS – -0,17%
€1 – 14545.38
UZS – 0,03%
₽1 – 155.06
UZS – -0,11%
Qidirish
Senat Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi

Senat Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi

Senat Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasi Vitebsk shahriga rasmiy tashrif bilan keldi.

Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.

Shuningdek, tashrif davomida qator muhim tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha komissiyaning ilk majlisi va “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida yettita seksiya tashkil etiladi, ularda forum ishtirokchilari sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan tortib mahalliy vakillik organlari va yoshlar hamkorligigacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar.

Tashrif doirasida yana bir muhim tadbir – Vitebsk shahrida tashkil etiladigan “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasidir. Unda oziq-ovqat, farmatsevtika, yengil sanoat, turizm, hunarmandchilik va elektron texnika kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan 70 dan ziyod tadbirkor ayollar o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling