Sariosiyo tumanidagi holat Milliy komissiya tomonidan nazoratga olindi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
Sariosiyo tumanidagi holat Milliy komissiya tomonidan nazoratga olindi

Sariosiyo tumanidagi holat Milliy komissiya tomonidan nazoratga olindi

Sariosiyo tumanidagi holat Milliy komissiya tomonidan nazoratga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida hokimi o‘rinbosari mahalla faollarini paxta terimiga majburlayotganligiga oid xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur masala Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan nazoratga olindi.

Ushbu holat zudlik bilan o‘rganiladi hamda masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Milliy komissiya bu kabi holatlarni to‘liq qoralaydi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda xodimlarning o‘z vazifalaridan boshqa ishlarga jalb etilishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.

Aziz yurtdoshlar! Agar Siz majburiy tarzda biror-bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir maʼlumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi va zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsga doir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling