Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 28/08/2024 Sanoat tarmoqlarida samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Sanoat tarmoqlarida samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildiSanoat tarmoqlarida samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu yil 7 oyda sanoat hajmi 7,1 foizga o‘sib, 435 trillion so‘mga yetdi. Elektr texnikasi, to‘qimachilik, charm va avtomobil sanoatida yuqori o‘sish bo‘ldi. Joylarda 1,3 mingta yangi quvvatlar ishga tushirilib, qo‘shimcha 40 trillion so‘mlik ishlab chiqarish manbasi yaratildi.

Lekin hamma hudud va tarmoqda ham ishlar birdek emas. Xususan, 4 ta tumanda sanoat hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan, 14 tasida esa o‘sish 2 foizga ham yetmaydi.

Shu bois joylarda sanoat bilan “korxonabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri shu borada boshlangan ishlar va yil yakunigacha mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha axborot berdi.

Qayd etilganidek, hududlardagi korxonalar o‘rganilib, muammolari hal qilib borilmoqda. Jumladan, aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilgan. Yil yakunigacha 30 trillion so‘mlik qo‘shimcha ishlab chiqarishni ta’minlash imkoniyati bor.

Buning uchun ishchilar sonidan kelib chiqib, korxonalarga mas’ullarni biriktirish, tadbirkorlar zamonaviy yondashuvlarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Har bir viloyatning sanoatga ixtisoslashgan tumanlari bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yirik loyihalarni ishga tushirish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling