Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 08/08/2025 Samarqandda “maxfiy” geologik xaritani 25 ming dollarga sotgan firibgar qo‘lga olindi

Samarqandda “maxfiy” geologik xaritani 25 ming dollarga sotgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida geologik xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona direktori kelgusida noqonuniy boylik orttirish maqsadida mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, muqaddam o‘zining Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida maʼsul lavozimlarda ishlaganligi hamda o‘zida Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida amalga oshirilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida yaratilgan oltin maʼdanlari joylashgan maxfiy geologik xarita va fotosuratlar borligini aytib, ularni 25 ming AQSH dollariga sotishini aytadi.

DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs kelishilgan pullardan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tegishli tashkilotlar bergan xulosaga ko‘ra, ushbu shaxs iddao qilayotgan hech bir maʼlumot maxfiy hisoblanmaydi.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Muborak magistral gaz quvurlari” boshqarmasi gaz tarqatish stansiyasi bo‘limi Shahrisabz GTS operatori Qarshi shahrida yashovchi fuqaroni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlardan biriga nazoratchi lavozimiga ishga olinishi uchun 4 000 AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda operator so‘ralgan 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling