Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Iqtisod 07/11/2024 Samarqand shahriga yana 8 ta elektrobus olib kelindi

Samarqand shahriga yana 8 ta elektrobus olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand O‘zbekistonda YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shilgan birinchi shahardir. Loyiha doirasida Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
 
Xabaringiz bor, 2023-yil may oyida mazkur loyihaga asosan dastlabki elektrobuslar olib kelinib, M1-sonli “Temiryo‘l ABB – Samarqand xalqaro aeroporti” yo‘nalishida yo‘lovchilar xizmatiga chiqarilgan edi.
 
Bugun Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelindi. Yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobuslar keltirilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda 100 ta elektrobus .
 
Hozirda elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Rejadagi transport vositalari olib kelingach, belgilangan tartibda Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlariga biriktiriladi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling