Samarqand Qozog‘istondan yangi avlod elektr avtobuslarini yetkazib berishni ko‘rib chiqmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda Qozog‘istondan yangi avlod elektr avtobuslarini yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev va Qozog‘istonning “FALCON MURAT ADILXAN” brendi ostida zamonaviy elektrobuslar ishlab chiqaradigan “Falcon Euro Bus” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Korxona rahbari uzunligi 9 metrdan 18 metrgacha bo‘lgan shahar, shaharlararo, sayyohlik va aeroport avtobuslarining taqdimotini o‘tkazdi.
Avtobuslar 70% Olmaotada yig‘ilgan, ba’zi butlovchi qismlar Yevropa va Xitoydan keltirilgan. Elektr avtobuslari bir zaryadda 300-350 km masofani bosib o‘tadi. Bu taxminan olti soat ishlashga to‘g‘ri keladi.
Adiz Boboyev Qozog‘iston delegatsiyasining yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi samarqanlik tadbirkorlar bilan uchrashuvini tashkil etish taklifini berdi.
Uchrashuvda tomonlar Samarqandda ekologik toza transportni joriy etish va "yashil iqtisodiyot" sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.