Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 17/01/2025 Samarqand aeroporti yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Samarqand aeroporti yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda Samarqand xalqaro aeroporti rekord darajadagi 1,38 million yo‘lovchini qabul qildi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 37% ga ortiq bo‘lib, o‘tgan yil ham rekordli yil sifatida qayd etilgan edi. Eng katta o‘sish – 43% – xalqaro qatnovlar segmentida kuzatildi. Rekordli oylar sifatida fevral (+59%), aprel (+60%), may (+62%) va iyun (+69%) belgilandi.

Yo‘lovchilar oqimining o‘sishiga aviakompaniyalar bilan samarali hamkorlik va yangi sheriklarni jalb etish asosiy omil bo‘ldi. Aeroportning mintaqadagi muhim transport uzeli sifatidagi mavqei mustahkamlandi. Jami 1,31 million yo‘lovchi xalqaro reyslardan foydalandi. Eng ommabop yo‘nalishlar Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Abu-Dabi va Jidda bo‘ldi.

Qo‘nish va parvoz qilish operatsiyalari soni ham 2023-yilga nisbatan 23% ga oshdi va 11 mingtaga yetdi. 2024-yilda yangi yo‘nalishlar ochildi, jumladan: Sian (Xitoy), Sharm-el-Shayx (Misr), Turkiston (Qozog‘iston), Tyumen, Nijniy Novgorod va Irkutsk (Rossiya).

AIR MARAKANDA boshqaruv kompaniyasi 2024-yilda servis sifatini yaxshilash va xizmat turlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Aeroportda quyidagi yangiliklar joriy etildi:

  • Nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus chaqiruv tugmasi;
  • Yuklarni tekshirish uchun bepul tarozilar;
  • Har kuni 24 soat ishlovchi Hertz, SIXT va Europcar avtomobil ijara punktlari;
  • SIM-kartalar savdosi nuqtalari, aksessuarlar va zargarlik buyumlari do‘konlari;
  • Yangi kafe va konditerlik shoxobchalari.

AIR MARAKANDA 2025-yilda yangi yo‘nalishlar ochish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va yo‘lovchilar uchun raqamli xizmatlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling