Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 14/03/2025 Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 13-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi V.Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Mazkur tashrif doirasida delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, istiqboldagi rejalar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling