Rossiya delegatsiyasi Toshkentdagi IT Parkga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi V.Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari shu kuni istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va bozorga olib chiqishga ixtisoslashgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park)da ham bo‘lishdi.
Mehmonlarga 2019-yilda ochilgan IT Park faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu yerda qisqa vaqt ichida 30 ga yaqin yangi startaplar, axborot texnologiyalari sohasida o‘nlab loyihalar, shuningdek, yoshlarda ushbu sohaga qiziqish uyg‘otish maqsadida treninglar, mahorat darslari va professional uchrashuvlar tashkil etildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari park infratuzilmasi bilan tanishtirildi, ularga startaplarni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar va IT kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari haqida so‘zlab berildi.