Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 16/03/2025 Rossiya bozorida O‘zbekiston charm sanoati mahsulotlari uchun yangi imkoniyatlar

Rossiya bozorida O‘zbekiston charm sanoati mahsulotlari uchun yangi imkoniyatlar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Fashion Style Russia” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston charm sanoati korxonalari Rossiyaning "Tavro" va "Marko" kompaniyalari bilan tayyor charm mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Ivanovo shahridagi "Шивейтеквс" MCHJ bilan esa sanoat uchun zarur qo‘lqoplarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Dastlabki bosqichda 1 million dona qo‘lqop Rossiya bozoriga yetkazib beriladi.

Shuningdek, Rossiya tekstil va engil sanoat uyushmasi bilan o‘tkazilgan muloqotda ikki davlat o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan charm sanoati mahsulotlarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Rossiyaning "Regger" kompaniyasi mahalliy "San One" firmasi bilan tayyor poyabzal mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda O‘zbekiston kompaniyasi uchun istiqbolli bozor ekanligi ta’kidlandi.

Xorazmdagi "Darital" MCHJ Rossiyaning "Dariy" kompaniyasi bilan tayyor poyabzal mahsulotlarini savdo nuqtalariga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling