Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 19/08/2025 Raqobat qo‘mitasi yetti xil bioqo‘shimchalar reklamacida qonunbuzarliklarni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi yetti xil bioqo‘shimchalar reklamacida qonunbuzarliklarni aniqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalarni targ‘ib qilish jarayonida reklama qonunchiligining bir qator yangi buzilish holatlarini aniqladi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq holda berilishi kuzatilmoqda va ularning kuchli taʼsiri va terapevtik samaradorligi haqida asossiz daʼvolar ilgari surilmoqda.

Shuningdek, biologik faol qo‘shimchasi reklamasida, turli og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlar tomonidan, ushbu mahsulotlarni isteʼmol qilish natijasida ularning ahvoli yaxshilanganligi haqida lavhalar joylashtirilmoqda.

Bu borada, Qo‘mita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida quyidagi nomlari keltirib o‘tilgan BFQlarning nomuvofiq bo‘lgan reklamalari yuzasidan tegishli huquqiy-taʼsir choralari ko‘rilgan: “Stop Diabet” BFQ, “Effect Herbals” BFQ, “Fito Diabetic” BFQ, “Biomalham” BFQ, “Gemopro” BFQ, “Gemmoroid Plus” BFQ, “Visu Caps” BFQ.

Qo‘mita so‘rovi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan xulosaga asosan, yuqoridagi BFQ mahsulotlarining qo‘llash yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarda qayd etilgan xususiyatlari bilan mos emasligi maʼlum qilingan.

Qo‘mita tomonidan axborot resurslari orqali joylashtirilgan reklamalarning amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarimizni har bir mahsulotni sotib olganda ularning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqishga, sertifikatlanganligini tekshirib, faqatgina shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishga chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling