Valyuta kurslari 20/03/2025
$1 – 12926.51
UZS – -0,07%
€1 – 14092.48
UZS – -0,51%
₽1 – 156.00
UZS – -1,76%
Qidirish
Texnologiyalar 20/03/2025 Raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ–108, 18.03.2025 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 6 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling