Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti «Qishloq xo‘jaligi yerlari hosildorligini oshirish va sohaga investitsiyalar jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, ijarachilarning mustaqilligini ta’minlash va qo‘shimcha qiymat yuqori bo‘lgan ekinlarni ustuvor yetishtirish tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi yerlarini taqdim etishning yangi tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.
Yangi tartibga muvofiq, yer maydonlari 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan hajmda elektron savdolar platformasi — «E-auksion»da sotuvga qo‘yiladi. Bunda yer maydonlarining yaxlitligi va mavjud sug‘orish tizimi saqlab qolinadi. Bunday savdolarda O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari, shu jumladan chet el investitsiyalari bilan tashkil etilgan korxonalar, yashash joyi, tashkilotning huquqiy shakli yoki boshqa yer maydonlariga egaligiga qaramasdan, ishtirok etishi mumkin.
Auksion g‘olibi yerni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ladi va bu bilan u odatiy huquq va majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha imkoniyatlarga ham ega bo‘ladi.
Xususan, g‘olib: