Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 16/03/2025 Poytaxtda uy-joy ijara bozori: o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Poytaxtda uy-joy ijara bozori: o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) (https://t.me/ifmr_public) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi. 

Poytaxtda o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar ijara narxlari 2024 yilning noyabr oyidan beri arzonlab kelayotgan bo'lsa, to'liq ta'mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlarida ko'tarilish kuzatildi.

O'rtacha ta'mirlangan uy-joylar ijarasi. 
2025-yilning fevral oyida o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o'tgan yilning oktyabr oyidan beri sezilarli arzonladi:
- 1 xonali: $323 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($331)  nisbatan -2.4%);
- 2 xonali: $393 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($414) nisbatan -5.2%);
- 3 xonali: $480 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($494) nisbatan -2.9%);
- 4 xonali: $545 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($623) nisbatan -12.5%).

O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari: 
- Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $366, 3 xonali – $415, 4 xonali - $423); 
- Olmazor tumani (1 xonali – $288, 2 xonali – $351, 3 xonali – $417, 4 xonali – $488). 
Nisbatan qimmat ijara narxlari: 
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $347, 2 xonali – $462, 3 xonali – $568, 4 xonali – $694); 
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $383, 2 xonali – $511, 3 xonali – $646, 4 xonali – $675).

To'liq ta'mirlangan uy-joylar ijarasi. 
Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari o'tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan quyidagicha o'zgardi:
- 1 xonali: $420 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($422)  nisbatan -0.6%);
- 2 xonali: $592 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($600) nisbatan -1.1%);
- 3 xonali: $857 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($834) nisbatan +2.8%);
- 4 xonali: $1160 (o'tgan yilning oktyabr oyiga ($1118) nisbatan +3.8%).

To'liq ta'mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari: 
- Sergeli tumani (1 xonali – $323, 2 xonali – $417, 3 xonali – $517, 4 xonali – $639); 
- Uchtepa tumani (1 xonali – $377, 2 xonali – $436, 3 xonali – $560, 4 xonali – $586). 
Nisbatan qimmat ijara narxlari: 
- Mirobod tumani (1 xonali – $485, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1051, 4 xonali – $1344); 
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $515, 2 xonali – $748, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1462).

Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2025-yilning yanvar oyi uchun 35,7 mingta va  fevral oyi uchun 37,5 mingta, 2024-yilning oktyabr oyi uchun 43,1 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Har uchta davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling